Toshkentda havo shari portlashi oqibatida to‘rt nafar qizning yuzi va qo‘llari kuydi

Jamiyat 09:22 / 08.12.2018 24731

Joriy yilning noyabr oyida Uchtepa tumanida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB.

Qayd etilishicha, «Chiroqchi» kafesida tug‘ilgan kun nishonlash jarayonida yonib turgan shamli tort oldida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan shar portlagan.

Natijada to‘rt nafar qizlarning yuz va qo‘llarida turli darajadagi kuyish izlari qolgan. Tibbiy yordam uchun ular RShTYoIMga yuborilgan.

«Hurmatli fuqarolar! Havo sharlari xarid qilishda ehtiyot bo‘ling. Faqatgina geliy bilan to‘ldirilgan sharlarni sotib oling.  Bayram tadbirlarida bu kabi sharlardan foydalana turib ularni yong‘inga sabab bo‘lishlari mumkinligini unutmang», - deyiladi IIBB xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: