Aldov yo‘li bilan 22 000 dollarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 18:05 / 08.12.2018 8200

Joriy yilning 7 dekabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil dekabr oyida Sirdaryo viloyatida yashovchi D.A. Uchtepa tumani hududida Chilonzor tumanida yashovchi B.S.ga tanishi, “Dilorom” ismli ayolga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha davlatga yetkazgan zararni o‘z firmasi orqali yopib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu fuqaro aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 22 000 AQSh dollarini olib ketib, bergan va'dasini bajarmay yurganligi ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida D.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: