Tadbirkorlikda yangi marralarni zabt etishning ayni vaqti!

Jamiyat 17:00 / 07.12.2018 3585

Biror soha yo‘qki, tadbirkorlikni talab qilmasa. Inson o‘z imkoniyatlaridan vaqtida va samarali foydalana olmasa, zamondan ortda qolishni boshlaydi. Ammo shu bilan birga tadbirkorlikka kirishganlarning hammasi ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Buning uchun bilim, sabot va omad zarur!

Yetakchi biznes konsultant, amaliy biznes psixologi, KM instituti asoschisi va rahbari Shuhrat Suyundikov tadbirkorlar uchun kouching darslarini taklif qiladi.

Shuhrat Suyundikovning birinchi kouching darsida ishtirok etgan Davron Xolbo‘tayev va To‘rabek Normatovlar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishdi, Suhrob Hazratqulov esa mazkur darsda olgan bilimlarini savdo faoliyatiga tatbiq etib, o‘z daromadini oshirdi.

Xuddi shunday ikkinchi kouching ham o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi va xususiy klinika rahbari Nodira Ortiqova o‘z daromadlarining 5 karra oshganini qayd etdi.

Baliqchilik xo‘jaligi rahbari Durbek Mirzayorovning ta'kidlashicha, kouchingda olgan ko‘nikmalarini qo‘llab sohasidagi foyda miqdorini 3 barobar  ko‘paytirishga erishdi. Bunday tadbirkorlar safi anchagina.

Ushbu kouching darslari dasturi biznesdagi muammolarni yechib, daromadni oshirish imkoniyatini beradi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Biznes, oila, ma'naviyat.

2. Biznesda va hayotda to‘g‘ri maqsad qo‘yish, moliyaviy reja tuzish. Dangasalik va uni yengish. Marketing, reklama. Effektiv reklama tuzish va uni mijozlarga to‘g‘ri taqdim qilish. 

3. Marketing reklama va ODS texnologiyasi asosida reklama tuzish

4. Savdo. Savdo instrumentlarini biznesda qo‘llash va savdo miqdorini oshirish.

5. Mahsulot yoki xizmatni sotish.

6. Mijoz va sotuvchi psixologiyasi.

7. Reklama effektini doimiy oshirish va tahlil qilish.

8. Boshqaruv. ORG struktura tuzish.

9. Kerakli kadr tanlash va kerakli joyga qo‘yish. Hisobot taqdim qilish.

10. O‘zingiz va xodimlaringizga super motivatsiya berish. Investorlarni jalb qilish.

Kouchingda barcha yo‘nalishlardagi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin. Taqdimot 9 dekabr kuni soat 10:00da boshlanadi.

Taqdimotda ishtirok etish bepul!

Shuhrat Suyundikov dunyoga mashhur akademik M.Norbekov bilan yonma-yon ishlab, dunyoning ko‘plab davlatlarida millionlab insonlarning salomatligini va biznesini tiklashga yordam berib kelmoqda. Xususan, u Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Moldova, Turkiya, Misr va boshqa davlatlarda 20 yildan ziyod faoliyat olib borgan.

Shuhrat Suyundikov - «Status Istiny», «Parvoz», «Biznes tashkil qilish yoki StartUP» kitoblari muallifi, bir qancha ixtirolar va futuristik osmono‘par binolar dizayni muallifidir. U yuzlab gektar yer maydonida meva va sabzavot ishlab chiqarish va saqlash korxonasi rahbari, karate bo‘yicha 5-dan qora belbog‘ sohibidir.

Bepul prezentatsiyada ro‘yxatdan o‘tish: www.shuxrat-suyundikov.uz

Manzil: Chilonzor Ts kvartal, Cho‘ponota ko‘chasi 4-A uy.

Mo‘ljal: OPeReTTA teatri.

Telefon: 71 2007997

Telegram kanal: t.me/shuxratsuyundikov

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: