OAV: NATO o‘z taktik aloqasini Rossiyadan himoya qilishni rejalashtirmoqda

Jahon 14:33 / 07.12.2018 6551

NATOdan ma'lum qilishlaricha, Rossiya radioelektron kurash vositalari muvaffaqiyatli rivojlanishidan tashvishdalar. Bu haqda RT Alyans Ilmiy-texnik tashkiloti tadqiqotiga ariza matniga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Rossiya radioelektron kurash vositalarining muvaffaqiyati NATO sharqiy chegaralaridagi mashqlar paytida ko‘rsatildi. Bundan tashqari, ariza matnida aytilishicha, radioelektron kurash vositalari, uchuvchisiz uchar qurilmalar hamda nishonlarni aniqlash, o‘rnatish va keyinchalik yo‘q qilish uchun artilleriyadan foydalanishni birlashtiruvchi Rossiya doktrinasi o‘zini yaxshi tavsiya qilgan.

«Radioelektron hujumlar salohiyati (masalan, bosib turish) va radioelektron ta'minot (masalan, nishonlarni aniqlash) shuni ko‘rsatmoqdaki, NATO taktik aloqa infratuzilmasi radioelektron kurash vositalari oldida ojiz hamda jiddiy tahdidlarga duch keladi», - deyiladi arizada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga raketa bitimi bo‘yicha ultimatum qo‘ygani, Kreml javob qaytargani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: