Kun savoli: O‘zA va «O‘zbekiston 24» kanallari birlashtiriladimi?

O‘zbekiston 15:28 / 07.12.2018 12003

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy axborot agentligi va «O‘zbekiston 24» teleradiokanali birlashishi va yangi tuziladigan agentlik tarkibiga o‘tishi haqida xabar tarqaldi. Ayni vaqtda bu borada muhokamalar davom etmoqda.

Norasmiy manba xabariga ko‘ra, yangi agentlikka O‘zAning hozirgi direktori Abdusaid Ko‘chimov rahbar bo‘lishi kutilmoqda. Yangi agentlik O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tarkibiga o‘tishi mumkin. Bu holda «O‘zbekiston 24» kanali O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidan chiqib ketadi.

Hozircha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va «O‘zbekiston 24» kanalining sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bu xabarlar yuzasidan izoh berilmagan.

Kun.uz muxbiri O‘zbekiston milliy axborot agentligi matbuot kotibiyati mudiri Abdujalol Taypatovga qo‘ng‘iroq qildi. Uning aytishicha, tashkilot rasmiylarida «Bunday ma'lumot mavjud emas».

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston 24» kanali 2017 yilning 24 iyulidan o‘z ishini boshlagan va uning hozirgi direktori Madamin Safarov hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: