Huawei kompaniyasiga vaqtinchalik moliya direktori tayinlandi

Jahon 20:37 / 07.12.2018 3356

Lyan Xua Xitoyning Huawei kompaniyasiga moliya direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalroq ushbu lavozim egasi bo‘lgan Men Vanchjou AQSh so‘rovi bilan Kanadada qo‘lga olingandi. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.  

Gazetaning ma'lumot berishicha, Lyan Xua Huawei kompaniyasida 1995 yilda ish boshlagan bo‘lib, turli lavozimlarda, jumladan moliya direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

EPA-EFE/MAXIM SHIPENKOV

Huawei kompaniyasi asoschisining qizi, kompaniya moliyaviy direktori Men Vanchjou Kanada politsiyasi tomonidan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingandi. OAVda ta'kidlanishicha, ayol AQSh murojaati bilan Eronga qarshi sanksiyalar buzilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ushlangan. Ayni vaqtda AQSh Men Vanchjouning ekstraditsiya qilinishiga urinmoqda.   

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakilining ta'kidlashicha, yuz bergan voqea AQSh bilan texnologiyalar masalasida keskinlikni yanada oshiradi va ikki tomonlama savdo muzokaralarini murakkablashtiradi.  

Ko‘proq yangiliklar: