Xitoy Kanadadan Huawei direktorining ozod qilinishini talab qilmoqda

Jahon 07:56 / 07.12.2018 6521

Xitoy Kanadadan Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vanchjouning ozod qilinishi va uning ushlanishi sababini tushuntirishni keskin shaklda talab qildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Geng Shuang ma'lum qildi.

Huawei kompaniyasi asoschisining qizi, kompaniya moliyaviy direktori Men Vanchjou Kanada politsiyasi tomonidan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingandi. OAVda ta'kidlanishicha, ayol Eronga qarshi sanksiyalar buzilishi bilan bog‘liq holda AQSh murojaati bilan ushlangan. Ayni vaqtda AQSh Men Vanchjouning ekstraditsiya qilinishiga urinmoqda.   

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakilining ta'kidlashicha, yuz bergan voqea AQSh bilan texnologiyalar masalasida keskinlikni yanada oshiradi va ikki tomonlama savdo muzokaralarini murakkablashtiradi.   

Ko‘proq yangiliklar: