Amerikalik general Google’ni Pentagon bilan hamkorlikni boshlashga chaqirdi

Jahon 15:34 / 07.12.2018 4566

AQSh dengiz piyoda kuchlari generali Jozef Danford Google kompaniyasini Qo‘shma Shtatlar mudofaa mahkamasi bilan ishlashni boshlashga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alphabet (Google kompaniyasining bosh shirkati) kabi texnologik gigantlar Pentagon bilan ishlashni istamayotganiga «izoh topish mushkul». Generalning ta'kidlashicha, bu ular hattoki biznesga Qo‘shma Shtatlardan ham kam erkinlik taqdim etiluvchi Xitoy bilan ishbilarmonlik aloqalarini izlayotgan paytda yuz bermoqda, deyiladi materialda.

«Biz yaxshi odamlarmiz hamda men uchun Xitoyda ishbilarmonlik manfaatlarini ilgari surish maqsadida ma'lum bir yon bosishga borayotganimiz tushunarsiz. Yaxshi bilamizki, u yerda erkinlik cheklangan, Xitoy bizning intellektual mulkni kompaniyalardan olib qo‘yadi», - dedi u.

Google ijrochi direktori Sundar Pichayning avvalroq ma'lum qilishicha, kompaniya Xitoyga ko‘p yillar davomida sarmoya kiritgan va buni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Biroq, shu bilan birga, uning eslatishicha, kompaniya AQSh hukumati bilan sog‘liqni saqlash, kiberxavfsizlik hamda boshqa sohalardagi loyihalar ustida ish olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bill Geyts yarim milliard dollar evaziga AQSh harbiylarini kengaytirilgan reallikda shug‘ullantirishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: