AQSh qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi yana bir bitimdan chiqib ketishi mumkin

Jahon 10:15 / 07.12.2018 8824

AQSh shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danfordning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Strategik hujumkor qurollar (SHQ) to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishi mumkin, sababi Rossiya O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish haqidagi bitimga rioya etmayapti. Bu haqda u The Washington Post gazetasi tomonidan tashkillashtirilgan konferensiyada ma'lum qildi.

Foto:  AP Photo/Carolyn Kaster

Danford ta'kidlashicha, unda bu bitimdan mamlakatning chiqib ketishi haqida qaror qabul qilish vakolati yo‘q. Biroq, qayd etishicha, bu masala bo‘yicha tavsiyalar beradi.

«Men SHQ-2ni uzaytirishda qandaydir ijobiy o‘zgarish bo‘lishini tasavvur qila olmayapman, sababi O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimga rioya etilmayapti», - dedi general.

Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimga rioya etishini xohlaydi. Bu, uning fikriga ko‘ra, AQShga qurollarni qisqartirish bo‘yicha bitimlarni uzaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Rasmiy Moskva O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim yoki Strategik hujumkor qurollar to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etmayotganini rad qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga raketa bitimi bo‘yicha ultimatum qo‘ygani, Kreml javob qaytargani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: