AQSh Qora dengizdagi harbiy ishtiroki shaklini tushuntirdi

Jahon 10:32 / 07.12.2018 13091

Pentagon rasmiy vakili Erik Pexonning ma'lum qilishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlari (HDK) Qora dengizda bo‘lish paytida Montryo Konventsiyasiga amal qiladi. Mudofaa mahkamasi vakili so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.

Pexonning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar Qora dengizda bo‘lish vaqtida Montryo Konventsiyasiga rioya qiladi.

«Shunga qaramay, biz Turkiya hukumati bilan diplomatik korrespondensiyalarning xususiyatiga izoh bermaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Pexon.

Ushbu kelishuv Qora dengiz bo‘g‘ozlari orqali faqat savdo kemalarining erkin o‘tishi huquqini saqlab qoladi. Shu bilan birga, savdo va harbiy kemalarning o‘tish qoidalari har xildir. Shuningdek, o‘tish rejimi kema qaysi bayroq ostida harakatlanayotganiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari ishtirok etganini tan olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: