Ukraina HDK qo‘mondoni o‘zini Rossiyada hibsga olingan dengizchilar evaziga taklif qildi

Jahon 09:43 / 06.12.2018 18425

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari (HDK) qo‘mondoni Igor Voronchenkoning ma'lum qilishicha, agar Rossiya Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan keyin qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilarni ozod qilsa, Rossiyadagi qamoqxonaga borishga tayyordir. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida aytdi.

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari rahbarining ta'kidlashicha, qo‘lga olingan dengizchilarni ko‘rganida «yuragi ezilib ketmoqda». Shuningdek, Voronchenkoning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni dengizchilarni noqonuniy ravishda ushlab turibdi.

Avvalroq, Ukraina Rossiyaga 89 kishini 42 kishiga almashishni taklif qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Poroshenko Putin qanday holatda g‘alabaga erishishini aytgandi.

«Agar biz prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirsak, unda bu holatda faqat bir g‘olib bo‘ladi va ushbu g‘olibning nomi - janob Putin. Biz unga bu imkoniyatni bermaymiz», - dedi Poroshenko.

Ko‘proq yangiliklar: