Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi

Jahon 14:07 / 06.12.2018 14989

Gruziya Ichki ishlar vazirligi mamlakat amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvilining kuyovi Mindiya Gogochuri va uning do‘sti qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Bu haqda RIA «Novosti» ma'lum qilgan.

«Ushbu shaxslar o‘qotar qurolni noqonuniy ravishda saqlagani hamda jinoyat to‘g‘risida xabar bermaganliklari bilan bog‘liq holatlar tufayli qo‘lga olindi», - deya ma'lum qilishgan vazirlik vakillari.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya zirhli jilet va qurolni topgan, gumonlanuvchilar ularni o‘zlari bo‘lgan kvartira balkonidan tashlab yuborishgan.

Ko‘proq yangiliklar: