Poroshenko Rossiya bilan chegarada qo‘shinlar kuchaytirilayotganini ma'lum qildi

Jahon 15:06 / 06.12.2018 14630

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari soni Rossiya tomoni bilan chegarada oshirilmoqda. Bu haqda davlat rahbari tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Ukraina prezidenti so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar guruhining mustahkamlanishi mamlakat mudofaa qobiliyatini kuchaytirishi kerak.

«Ushbu jarayon doirasida Ukraina qurolli kuchlarining jangovar qismlari hamda bo‘linmalari butun chegaramiz chizig‘i bo‘ylab eng xavfli yo‘nalishlarga joylashtirilmoqda», - deya ma'lum qildi Poroshenko. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Putin qanday holatda g‘alabaga erishishini aytgandi.

«Agar biz prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirsak, unda bu holatda faqat bir g‘olib bo‘ladi va ushbu g‘olibning nomi - janob Putin. Biz unga bu imkoniyatni bermaymiz», - dedi Poroshenko.

Ko‘proq yangiliklar: