Ozarboyjon Armaniston bilan Qorabog‘ masalasida muzokaralar boshladi

Jahon 08:41 / 06.12.2018 7443

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyorovning ma'lum qilishicha, yanvar oyida Qorabog‘dagi mojaro masalasi bo‘yicha armanistonlik hamkasbi bilan uchrashmoqchi. Vazirning so‘zlari «RIA Novosti» tomonidan keltirildi.

U Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan bilan Milanda tashkillashtirilgan YeXHT TIVK doirasida o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha shunday bayonot berdi.

Mamedyorovning ta'kidlashicha, tomonlarning uch soatlik muzokaralari «muhim va foydali» bo‘ldi.

«Yaqin kelajakda, katta ehtimol bilan kelasi oyda ushbu shaklda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi», - dedi Mamedyorov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston yangi rahbariyatidan Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga yechim topish bo‘yicha «real muzokaralar» boshlashini kutayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: