Kuba aholisi mobil internetga ulanadi

Jahon 08:44 / 06.12.2018 8311

6 dekabr, payshanba kunidan, Kuba aholisi uchinchi avloddagi aloqa texnologiyasi (3G) bo‘yicha mobil internetdan foydalanishi mumkin. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Bu haqda Kubada telekommunikatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi yagona provayder - ETECSA rahbari Tanya Velaskes bayonot berdi.

«Ulanish jarayoni 8 dekabrga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir abonent xizmat faollashtirilganini tasdiqlovchi xabar qabul qilib oladi», - dedi Velaskes.

Ta'kidlanishicha, kubaliklarga to‘rtta ma'lumotlar to‘plami taklif etiladi. Eng arzon tarif 600 Mb bo‘lib, oylik 7 AQSh dollari miqdoridagi abonentlik to‘lovini nazarda tutadi. 4 Gb hajmidagi to‘plam esa kubaliklarga 30 dollarga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda internet umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 martaga o‘sgani, endi internet tezligida «gacha» qo‘shimchasi ishlatilmasligi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: