AQShdagi Amazon kompaniyasi omborida robot tasodifan ayiqlarni cho‘chitish uchun mo‘ljallangan aerozolli ballonni teshib qo‘yishi oqibatida yigirma to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Washington Post gazetasi.
Hodisa Nyu-Jyersi shtatidagi Trenton shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 80 kishi o‘zini yomon his qilgan va nafas olishga qiynalayotganidan shikoyat qilgan.
Mahalliy hokimiyatning xabar qilishicha, 24 kishi kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, ulardan birining ahvoli og‘ir.
Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.