Adliya vazirligi tanlovi g‘olibi Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Jamiyat 15:52 / 06.12.2018 2401

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda «Jomboy»  gazetasi muxbiri Orifjon Odilov mutlaq g‘olib deb topildi va Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lum qildi.

Bundan tashqari, tanlovda faol ishtirok etgan Milliy universitet talabasi hamda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi bo‘lim mudiri Abror Otaboyev diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish, ularda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishib boradigan bilimdon fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan va Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkonini beruvchi mazkur tanlovda 15 ming 368 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov uch bosqichda o‘tkazildi. Tanlovning muhim jihatlaridan biri, unda oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarning qatnashishi taqiqlangani bo‘ldi.  

Ko‘proq yangiliklar: