Jizzaxda to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat 09:40 / 05.12.2018 11921

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, 2018 yil 4 dekabr kuni soat 10:30larda G‘allaorol tumani «Moltob» QFYda istiqomat qilgan 2 nafar xamda «Mirzabuloq» QFYda istiqomat qilgan 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgan.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan gazdan xavfsiz foydalanish qoidalarini buzgan holda foydalanishgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yana sakkiz kishi is gazidan zaharlangani xabar berilgandi.

Undan avval Sirdaryo va Jizzaxda besh kishi is gazidan zaharlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: