Ucell bilan birga “Sen tarmoqdasan”

Jamiyat 10:50 / 05.12.2018 14259

Internet paydo bo‘lishi bilan insoniyat hayoti boshqa bir maromga ega bo‘ldi. Internet odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi. Internetsiz OAV, davlat muassasalari, yirik kompaniyalar va oddiy fuqarolar faoliyatini tasavvur etish mushkul. Biroq, internet tomonidan taqdim etilayotgan afzalliklarni tan olgan holda shuni unutmasligimiz lozimki, internet jinoyatchilar qo‘lida  xavfli qurolga aylanishi mumkin. Bugungi kunda hech bir odam shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlanishi, moliyaviy firibgarlik va  hattoki, odam savdosi kabi jinoyat turlaridan butunlay sug‘urtalanmagan. Internet orqali odamlar terroristik va ektremistik guruhlarga jalb etilmoqdalar.

Internet jinoyatchilik - bu butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar hayotiga xavf solayotgan global muammodir. Mazkur muammoga yechim topish uchun turli davlat organlari, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, nodavlat tashkilotlar, shuningdek uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlarining kelishilgan harakatlarini talab qiladi. Shu bilan birga, onlayn-jinoyatchilikning oldini olish va aholining huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratish lozim.

Joriy yilning 28 noyabr kuni Jizzax shahrida “Sen tarmoqdasan” loyihasi sinov tarzida ish boshladi. Mazkur loyiha Ucell kompaniyasi tomonidan “Istiqbolli Avlod” Respublika ijtimoiy axborot markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Loyihaning maqsadi – bir qator master klasslar va axborot sessiyalar yordamida har bir internet foydalanuvchilarining xavf-xatarga duchor bo‘lishi haqida jamoatchilikni xabardor qilishdan iboratdir.

"Bugungi kunda internetning turli xil aloqa kanallari orqali internetga qaramlik, axborot xavfsizligi va yolg‘onchilik muammosi o‘ta dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu loyiha yordamida biz mazkur masalalar bo‘yicha jamoatchilikning xabardorligini oshirishni rejalashtirmoqdamiz ", - dedi Ucell korporativ aloqa bo‘yicha mutaxassisi Tamila Kurmakayeva ishtirokchilarni qutlar ekan. "Umid qilamizki, aqlli kommunikatsiya va axborot xavfsizligi masalalaridagi xabardorlik o‘sib boradi va bu har qanday muloqot turlarida -  xoh onlayn, xoh oflayn bo‘lsin, xabardor bo‘lishga yordam beradi ", - deya qo‘shimcha qildi u.

Jizzax shahridagi master klassning birinchi sessiyasida “Istiqbolli Avlod”  vakillari bugungi kundagi mavjud tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari haqida so‘z yuritdilar.

“Shubhasiz, biz fuqarolarning xatti-harakatlarini cheklash huquqiga ega emasmiz, chunki ma'lumot olish va ulardan foydalanish ularning konstitutsiyaviy huquqidir”, - deydi “Istiqbolli Avlod”  NNTning PR menejyeri Dilshod O‘rinboyev. “Shu sababli bizning asosiy vazifamiz ularning ongini mustahkamlash hamda himoyalash  zarur profilaktik tadbirlarni o‘tkazish hisoblanadi”. 

Xalqaro hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. 2004 yildan buyon "Istiqbolli avlod"  Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Respublikaning to‘qqizta hududida odam savdosiga qarshi kurash va oldini olish bo‘yicha XMT loyihalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘z navbatida, Ucell vakillari axborot xavfsizligi bo‘yicha sessiyalar o‘tkazdilar va unda internetga bo‘lgan qaramlik, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, bolalar va o‘smirlarni zararli tarkibdan himoya qilish kabi mavzulari yoritib berdilar. Tadbirda Ucell axborot xavfsizligi bo‘limi rahbari Andrey Shishkin va Ucell kompaniyasining korporativ aloqa bo‘yicha direktori Kamilla Biktimirova o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Bundan tashqari, Kompaniya vakillari internet va ijtimoiy tarmoqlar tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlarga e'tibor qaratdilar. Xususan, onlayn tarzda ish izlash va ish beruvchilar hamda murojaat etuvchilar uchun yaratilgan maxsus platformalar kabi mavzular muhokama etildi.

Tashkilotchilarning fikriga ko‘ra, loyiha muvaffaqiyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri – qayta aloqadir. Shuning uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan yoshlar harakati faollari va o‘qituvchilar ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun taklif qilindilar. Ularning har biri tadbir davomida e'lon qilingan o‘ziga xos g‘oyalar yo‘lboshlovchisi bo‘lib, O‘zbekiston aholisi orasida xabardorlikni oshirishga o‘z hissasini qo‘shishga qodirdirlar.  

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: