Olimlar optimal uyqu qancha davom etishi kerakligini ma'lum qilishdi

Light 22:36 / 05.12.2018 52645

Sog‘lom uyqu sutkasiga 6 soatdan 8 soatgacha davom etishi kerak. Bu haqda olimlar xalqaro guruhi ma'lum qildi. Ularning bu boradagi tadqiqoti Yevropa kardiologlar jamiyati jurnalida chop etilgan.

Kuzatuvlar taxminan 8 yil davom etgan, mutaxassislar 35-70 yoshda bo‘lgan 116 ming kishining uyqusi kundaliklarini tahlil qilib chiqishgan. Natijada ular uyquning me'yoridan ko‘p bo‘lishi yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfining oshishi bilan bog‘langani haqidagi xulosaga kelishgan. 

Kuniga 8 soatdan 9 soatgacha uxlagan odamlarda tavsiya qilingan soat dam olganlarga nisbatan o‘lim xavfi 5 foizga oshgan. 9 soat 10 soatgacha davom etadigan uyqu esa jiddiy kasalliklar rivojlanish ehtimolini 17 foizga, 10 soatdan ko‘proq uxlash esa 41 foizga oshirgan.

Olimlarning aytishicha, kunduzgi uyqu ham agar odam kechasi 6 soatdan kam uxlasa, yurak kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Biroq ularning ta'kidlashicha, aksariyat hollarda shu yo‘l bilan to‘yib uxlamaganlik kompensatsiya qilinadi va ko‘rsatkich optimal qiymatlargacha yetadi.

Ko‘proq yangiliklar: