«Barselona» Messining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchini topdi

Foto: Getty Images
«Barselona» klubi Dortmundning «Borussiya» va Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jyeydon Sancho xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» 18 yoshli inglizda Lionel Messi o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan iqtidorni ko‘rishmoqda.
Joriy mavsumda Sancho 13ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.
Futbolchining xizmatiga «Pari Sen-Jyermen», «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari ham qiziqmoqda. Biroq, Sanchoni tarbiyalagan «Manchester Siti» klubi uni sotib olish huquqida ustunlikka ega.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025