Sampuru: Yaponlar plastik taomni nima uchun sotishadi?

Light 15:14 / 04.12.2018 12804

Yaponiyada plastik yeguliklar juda mashhur ekanidan xabar topsangiz hayron qolishingiz aniq. Bu qandaydir o‘xshatish emas, ayni haqiqat. Kunchiqar mamlakatdagi istalgan restoranga kirsangiz, plastikdan tayyorlangan yegulik va likoplarga ko‘zingiz tushadi. U sampuru deb nomlanadi.

Albatta tashrifchilar bu “taomlar”ni yeyishmaydi. Ular mijozlarni restoranga jalb etish uchun mo‘ljallangan. Tan oling, odatiy yeguliklarni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Ular plastik mahsulotlar kabi o‘z tashqi ko‘rinishini jozibali holda saqlay olmaydi. Hidini esa aytmasa ham bo‘ladi. Axir yaponlar o‘z oshxonasida ko‘p miqdordagi baliq va dengiz mahsulotlaridan foydalanishadi-da.

Sampurining yonida doim taom nomi va narxi yoziladi. Bugun Yaponiyada sayyohlar juda ko‘p bo‘lgan bir paytda bu kabi yondashuv tobora ommalashmoqda. Tilni bilmaydigan kishi taxtachani suratga olib, keyin esa uni gugl-tarjimonda tarjima qilishi mumkin – juda qulay.

Umuman olganda sampuru tarixi 100 yildan ortadi. Qiziqarli jihati, uni dastlab restoranlar uchun qo‘llashmagan. Plastik taomlar bilan uylar bezatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: