Internetda AQShdagi bolalar tibbiyot markazi binosiga samolyot kelib urilgani aks etgan videotasvir paydo bo‘ldi

Foto: AP
Palm Beach Post nashrining YouTube-kanalida AQShda yengil motorli samolyotning halokatga uchragani aks etgan videolavha joylashtirildi.
Unda samolyot autizm kasalligiga chalingan bolalar davolanadigan markaz binosiga kelib urilishi, so‘ngra portlashi aks etgan.
OAVning xabar berishicha, voqea oqibatida samolyot bortida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan, binodagi odamlar evakuatsiya qilingan.
Federal aviatsiya boshqarmasi va aviatashuvlar bo‘yicha xavfsizlik xizmati voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39