Toshkentda “Muruvvat kuni” xayriya tadbiri tashkil etildi

Jamiyat 18:14 / 03.12.2018 3287

2018 yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Muruvvat kuni” xayriya tadbirini tashkil etdi.

Unda 300 nafar ko‘zi ojiz hamda eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston kar-soqovlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilayotgani, buni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning imzolangani misolida ham ko‘rish mumkinligi ta'kidlandi.

Ushbu farmonda avvallari nogironlarni kamsitish sifatida ishlatilgan “nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” iborasining qo‘llanilishi belgilangani O‘zbekistonda inson omiliga bo‘lgan yuksak e'tiborning natijasi ekani qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: