Toshkentda yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz Nurafshonda topildi

Jamiyat 01:03 / 03.12.2018 101066

Ichki ishlar idoralari va befarq bo‘lmagan fuqarolarning jonbozligi natijasida 29 noyabrda Toshkent shahrida yo‘qolib qolgan 14 yoshli Visola G‘ofurova sog‘-omon holda topildi.

Ma'lum qilinishicha, qiz yo‘qolganidan 4 kun o‘tib, ya'ni 2 dekabrda Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi qarindoshlarinikida topilgan. Noma'lum sabablarga ko‘ra, qizning ota-onasi farzandining qayerdaligidan bexabar bo‘lishgan va uni mustaqil izlashlari natija bermagach, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishgan.  

Keles shahridagi 18-maktabning 8-sinfida ta'lim oluvchi Visola G‘ofurova 29 noyabrda soat taxminan 12larda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi qarindoshlari uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: