Siydik pufagi saratonining oltita muhim alomati

Jamiyat 09:00 / 03.12.2018 97463

Chekish saraton xavfini 4 marta oshiradi

Bu kasallik nasldan naslga o‘tmaydi. Uni keltirib chiqaradigan sabablar haligacha aniqlanmagan. Ammo kasallikning ko‘plab jihatlari, xususan, keng tarqalgani va yosh o‘tishi bilan paydo bo‘lish xavfi ortishi ma'lum. Shuningdek, kasallik ayollar orasida xam tarqalgan. Kasallikning nasldan naslga o‘tish ehtimoli past bo‘lgani uchun atrof-muhit omillari va jumladan, tamaki chekish uning ehtimolini 50 foizgacha oshiradi. Amalda chekish ushbu kasallikning xavfini 4 marta oshiradi. Acıbadem Adana shifoxonasining urologi Professor Bulent Soyupakning tasdiqlashicha, ma'lum va noma'lum alomatlar bilan ko‘zga ko‘rinmasdan zo‘rayib boradigan siydik pufagi saratoniga qarshi kurashda erta tashxis qo‘yish asosiy afzallik hisoblanadi. Professor Soyupak bu kasallikning alomatlari to‘g‘risida quyidagi axborot bilan bo‘lishadi.

Aniq sabablari noma'lum bo‘lgan siydik pufagi saratoni, Turkiyada ham, boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalganiga qaramasdan, paydo bo‘lish ehtimoli yosh ulg‘ayib borishi bilan ortib boradigan onkologik kasalliklarning turiga kiradi. Shu bilan birga kasallik erkaklar orasida ko‘proq tarqaganiga qaramasdan, ayollar orasida ham ko‘payib borayotgani qayd etilgan. Atrof-muhit omillari, xususan, tamaki chekish siydik pufagi saratoni rivojlanishi uchun jiddiy sabab hisoblanadi, bunda kasallikning genetik jihatlari ahamiyatli emas. Amalda esa tamaki chekish kasallanish ehtimolini 4 marta oshiradi. Professor Bulent Soyupak erta tashxis qo‘yish bu kasallikda o‘ta muhimligini ta'kidlab, erta bosqichlarda aniqlanganda juda yaxshi natijalarga erishish mumkinligini tasdiqlaydi.

Quyida o‘z vaqtida tashxis qo‘yish uchun e'tibor berish lozim bo‘lgan kasallikning alomatlari bayon etiladi.

Peshobda qon bo‘lishi

Peshobga qon aralashib kelishi siydik pufagi saratonining eng birinchi va muhim belgisi bo‘lgani holda, boshqa kasalliklarning alomati ham bo‘lishi mumkin. Jarohat olganda, buyrak infeksiyalari va kasalliklarida ham peshobda qon bo‘lishi mumkin. Ammo siydik pufagi saratonida bu alomat farqlovchi hisoblanadi. U peshobda qon quyqalarining kelishi va og‘riq bo‘lmasligi bilan kechadi.

Og‘riqli siyish

Og‘riqli siyish siydik qopi saratonining odatda uchraydigan alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Siyish paytida doimiy og‘riq/noqulaylik yuzaga kelib, bunda kishida boshqa infeksion muammolar bo‘lmasa, buni e'tiborsiz qoldirish mumkin emas va bunday alomat mavjud bo‘lsa darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Tez-tez siyish

Siyish odatdagidan tezroq ro‘y berish hissining mavjudligi hamda doimiy peshobga tortishi ham siydik pufagi saratonining ehtimoliy alomatlari bo‘lishi mumkinligini ta'kidlagan holda, Professor Bulent Soyupak: “Ammo tez-tez siyish prostatit va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasidan tortib menopauzagacha har turdagi uchraydigan kasallik bo‘lishi mumkin. Shu tufayli ayrim bemorlar uchun bu ahamiyatsiz. Natijada, har ehtimolga karshi siydik qopi saratoni tashxisi uchun albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur”, - deb qayd qiladi.

Siydik yo‘llari infeksiyasining doimiy rivojlanishi

Siydik yo‘llarining infeksiyasi, yaqin joylashgan ko‘plab a'zolardagi muammolar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Yuqorida aytilgan muammolardan biri siydik pufagi saratonidir. Tadqiqotlar, siydik pufagi saratoniga chalingan bemorlar siydik pufagi infeksiyalariga ko‘proq moyilligini ko‘rsatmoqda. Buning sababi shuki, anomal saraton hujayralarining ko‘payishi a'zolardagi ichki muvozanatni buzadi va siydik qopi infeksiyalarida namoyon bo‘ladi. Odatda infeksiyalarning tez-tez rivoj olishi saraton mavjudligining so‘zsiz dalolati hisoblanmasa-da, har qalay, shu belgilar yuzaga chiqqan kishilarni siydik pufagi saratoni mavjudligi borasida tekshiruvdan o‘tkazish zarur.

Orqa sohasidagi og‘riq

Siydik pufagi saratonining jadallashuvi orqa sohasida og‘riq bilan kechishi mumkin. Orqa pastki qismda, buyraklar sohasida og‘riq kuzatiladigan kishilar uchun mutaxassis bilan maslahatlashish o‘ta muhim. Umurtqa muammolari, mushaklarning jarohatlanishi va onkologik kasalliklarning ko‘plab boshqa turlaridagiga nisbatan bu og‘riq kamroq uchrasa ham, u siydik qopi saratoni mavjudligidan darak berishi mumkin.

Vazn tashlash

Onkologik kasalliklarning boshqa ko‘plab turlari singari, siydik pufagi saratonida tana vazni tushib ketishi kuzatilishi mumkin. Odatda bu, siydik pufagi saratoni jadallashgan bosqichga kirganining alomati bulishi xam mumkin. Shu sabab, biron sababsiz vazn keskin tushib ketganda tekshiruvdan o‘tish lozim.

Chekishni tashlang!

Tamaki chekish turli onkologik kasalliklarning rivojlanishida asosiy o‘rin tutishi avvaldan ma'lum. Chekish va onkologik kasalliklarni o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashda xayolga darrov o‘pka saratoni keladi. Ammo chekish, o‘pka saratoni rivojlanishida yetakchi bo‘lsa-da, siydik pufagi saratoni rivojlanishida ham sababkordir. Tamakining tarkibida mavjud zararli kimyoviy moddalar qon orqali siydik qopiga o‘tib, uni hujayralarining mutatsiyasini va holati yomonlashuvini keltirib chiqaradi, natijada bu siydik pufagi saratonini keltirib chiqaradi.

Shuningdek, siydik pufagi saratonini rivojlanishida kasb ham muhim ahamiyatga egadir. Kimyoviy vositalar jadal ishlatiladigan terichilik, to‘qimachilik, bosma sanoati va bo‘yoqlar ishlab chiqariladigan korxonalarda ishlash ham kasallikning rivojlanish xavfini vujudga keltiradi. Shunday muhitda ishlaydigan kishilar, tamaki ham chekishsa, kasallikning paydo bo‘lish xavfi yanada ortadi.

Har bir bemorga maslahat olishda va Turkiyaga davolanish uchun jo‘nab ketishda yordam beradigan Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ining Toshkent shahridagi vakolatxonasi ofisi quyidagi manzilda joylashgan:

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy

Telefon: +998 95 144 54 45

Sayt: www.acibadem.com.ru

 Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: