Toshkentda bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qiz qidirilmoqda

Jamiyat 15:30 / 02.12.2018 50743

2004 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahridagi 18-maktab o‘quvchisi G‘afurova Visola Ravshan qizi qidirilmoqda. Bu haqda  Toshkent shahar IIBB  matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, u 29 noyabr kuni soat taxminan 12 da Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan. 

Belgilari: bo‘yi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi o‘rtacha. Egnida qora palto, qora shim va mexli etiklar bo‘lgan.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB uning qayerdaligi haqida ma'lumotga ega bo‘lganlardan 102 raqami orqali xabar berishlarini so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: