«Vaqf» fondi 145 talabaning kontrakt pullarini to‘lab berdi

Jamiyat 10:25 / 30.11.2018 7334

O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan «Ilmga e'tibor – kelajakka e'tibor» nomli oliy ta'lim muassasalari talabalarining to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berish bo‘yicha xayriya aksiyasining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar qatnashdi.

Tadbirda «Vaqf» fondi tomonidan amalga oshirilayotgan muhim tadbirlardan biri respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba yoshlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 145 nafar talabaga 1.243.200.782 so‘m miqdorida to‘lov-shartnoma pullari to‘lab berilganini alohida qayd etildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida fond tomonidan diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun 298.631.000 so‘m, diniy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 165.650.000 so‘m, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar talaba farzandlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1.243.200.782 so‘m, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 1.170.867.159 so‘m, «Muruvvat karvoni» xayriya tadbiri doirasida 388.903.100 so‘m, jami bo‘lib 3.343.956.041 so‘mdan ziyod mablag‘lar xayriya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: