To‘rt nafar shaxs IIB xodimini do‘pposladi

Jamiyat 15:31 / 30.11.2018 25468

2018 yil 29 noyabr kuni soat 01:30larda 4 nafar noma'lum shaxs mast holda Jizzax viloyatining Forish tumani hududida xizmat vaqti va kiyimida bo‘lgan tuman IIB xodimining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada xodim kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Xonbandi” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.U., F.G‘., J.H. va “Oqtepa” MFYda yashovchi H.M. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: