Nima uchun tayyor biznes sotiladi, u xarid qilishga arziydimi?

Business class 15:37 / 29.11.2018 12376

Faoliyatini endigina boshlayotgan tadbirkorlarning ko‘pchiligi tayyor biznesni xarid qilish kasodga olib boradi, deb hisoblaydilar. Biroq shuni aytish joizki, bu fikr u qadar to‘g‘ri emas. Biznes egasi daromad kelmaganidagina o‘z biznesini sotmaydi. Buning uchun boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Keling, ana shu sabablarni yaxshilab o‘rganamiz.

Foto: Unsplash

Mavsumiy biznes

Biznesning bu turi bilan asosan katta tajribaga ega bo‘lganlar shug‘ullanishadi. Bu loyihadan maksimal darajada foyda olish kutiladi. Aynan shuning uchun ham uni sotadilar. Rahbar biznes rivoji uchun o‘z mablag‘i va tajribasini sarmoya qiladi, loyihani rivojlantiradi va qaysidir fursatda o‘z budjetini to‘ldirish uchun uni sotishga qaror qiladi. Tabiiyki, biznesini unga sarflanganidan ko‘ra ko‘proq pulga sotadi.

Mehmonxonalar aynan shu biznes turiga kiradi. Ular yoz mavsumi kelishidan oldin sotiladi. Shunday qilib, agar siz bunday biznesni xarid qilsangiz, birinchi yildagi daromadingiz yaxshi bo‘ladi, biroq vaqt o‘tishi bilan daromad kamayadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mehmonxonani sotib olish – barqaror biznes emas.

Bu muayyan vaqtda mashhur bo‘ladigan biznes turi. Bu turga:

  • qahvaxonalar;
  • internet-do‘konlar;
  • blokcheynlarni ham kiritish mumkin.

Bunday biznesni xarid qila turib raqobat haqida o‘ylash lozim. U doim va katta bo‘ladi. Odatda, tadbirkorlar o‘z korxonalarini tezroq boshqalarga sotishga harakat qilishadi. Bu esa xizmatga bo‘lgan talabning tushishi bilan bog‘liq.

Foto: Unsplash

Talab doimiy bo‘ladigan biznes

Qanday korxonalar yaxshi daromad keltiradi? Biznesning bunday turiga quyidagilar kiradi:

  • ta'mirlash ustaxonalari;
  • do‘konlar (oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari)
  • go‘zallik salonlari;
  • avto yuvish shoxobchalari;
  • xususiy bolalar bog‘chalari;
  • dorixonalar.
Foto: Unsplash

Biznesni xarid qilishdan avval qanday tekshirish mumkin?

Sotuvchini maxsus ilova yordamida tekshirish mumkin. U kontragentlarni yaxshi tekshiradi. Bundan tashqari, moliyaviy tarixni so‘rash kerak. Buning uchun 1S ma'lumotlari a'lo darajada mos keladi. Agar biznes ochilgan bino ijaraga olingan bo‘lsa, ijaraga bergan shaxs bilan yaqindan tanishish va ijara to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini so‘rash lozim.

Agar biznes bilan birgalikda veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni ham sotib olayotgan bo‘lsangiz, login yoki parolni o‘zgartirish imkoniyatini albatta tekshiring. Agar biznesni yaxshilab tekshirmoqchi bo‘lsangiz, professional brokerga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Ko‘proq yangiliklar: