Xakerlar istalgan ayfonni ochishning narxini ma'lum qilishdi 

Fan-texnika 00:55 / 29.11.2018 14636

DriveSavers kompaniyasi barcha xohlovchilarga istalgan avloddagi iPhone’ni ochib berishni taklif qilmoqda. Kompaniya ushbu xizmati uchun 3900 dollar so‘ramoqda. 

Bu taklif smartfonning parolini unutganlar yoki oilasining vafot etgan a'zosi gadjyetiga kirmoqchi bo‘layotganlar uchun dolzarb hisoblanadi. 

Kompaniyada bu maqsadda bungacha faqatgina huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘llangan yangi texnologiyadan foydalaniladi. Kompaniyada texnologiyani huquq-tartibot idoralariga yordam berishda qo‘llamaslikka va'da berilgan. Bu yo‘l bilan kontaktlar va sms-xabarlardan tortib foto va videolargacha bo‘lgan barcha ma'lumotlarni tiklash mumkin.

Biroq bundan avval barcha mijozlar smartfonga egalik qilish huquqlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: