Avtomashinani olib qochgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi

Jamiyat 15:20 / 29.11.2018 6063

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 28 noyabr kuni Olmazor tumanida yashovchi 224-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi, muqaddam sudlangan I.M. “Farhod” yarmarkasi oldidagi 14-blokda joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasida, xususiy tadbirkor U.S. tomonidan ta'mirlash uchun qoldirgan “Kobalt” avtomashinasini haydab qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida I.M. yuqoridagi yarmarka oldida shu hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Avtomashina texnik soz holda egasiga topshirilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: