O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga a'zo bo‘ldi

Foto: IOM/Elyor Nematov
Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Migratsiya bo‘yicha agentligi kengashining 109-sessiyasi Jyenevada bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning Xalqaro migratsiya tashkilotiga (XMT) a'zo bo‘lish to‘g‘risidagi arizasi qo‘llab-quvvatlandi.
«O‘zbekistonni XMT oilasida chuqur mamnuniyat bilan qutlayman, - deya ma'lum qildi XMT yangi bosh direktori Antonio Vitorino. - Sizning mamlakatingiz jahondagi eng qadimiy va eng qulay savdo yo‘llaridan biridir, uni migrantlar qadim zamonlardan beri kesib o‘tishgan. Men birinchi marta yangi a'zo mamlakatni mamnuniyat bilan qutlamoqdaman va o‘z davrimda ko‘plab boshqa davlatlarni qutlashimga umid bildirib qolaman».

Foto: Muse Mohammed / IOM
O‘zbekistonning XMTga a'zoligi bo‘yicha masala Kengash sessiyasining kun tartibiga O‘zbekiston hukumati murojaatiga asosan kiritildi, uning nomidan sessiyada bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Nizomov ishtirok etdi.
«Migratsiya nuqtai nazaridan, mintaqa dunyodagi eng jadal va tez o‘zgaruvchan joylardan biri hisoblanadi», - deya izoh berdi XMT mintaqaviy direktori Argentina Sabadosh.
«Ishonchim komilki, XMT va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik migratsiyani boshqarishdagi mavjud chaqiriqlar va imkoniyatlarga javob jihatidan juda samarali bo‘ladi. Bu umummilliy, mintaqaviy va global miqyosda katta foyda keltiradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid

16:29 / 10.01.2025
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi

11:31 / 10.07.2024
Senat raisi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:24 / 11.05.2024