Soch va soqol o‘sishi bilan bog‘liq muammolaringiz bormi? SINOX ularni bartaraf etadi

Light 12:49 / 28.11.2018 20854

Ba'zi yigitlarda yoshi katta bo‘lishiga qaramay yuzida soqol o‘smaslik holati kuzatiladi. Natijada ular soqol o‘stirish uchun nima qilish kerakligi va soqolni uy sharoitida qanday o‘stirish mumkinligi haqidagi ma'lumotlar bilan qiziqishadi.

 Albatta, soqolni erkaklik ko‘rki, qat'iyat va jasorat belgisi sifatida ma'lumot izlovchilarni to‘g‘ri tushunish mumkin. Shu sababdan bugun erkaklarda soqol o‘smasligi yoki siyrakligi hamda ushbu holatni bartaraf etishda ko‘makchi mahsulot bo‘yicha ma'lumotlar bilan bo‘lishamiz.

Albatta, soqol shunchaki o‘smay qolishi mumkin emas. Buning sabablari turlicha. Jumladan, vitamin, foydali mikroelementlarning yetishmasligi, jinsiy rivojlanishning kechikishi, yosh va genetika, notekis jinsiy rivojlanish hamda irsiyat bilan bog‘liq sabablar erkaklarda ushbu muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Agar siz ham soqol o‘smaslik yoki soqolingizning siyrakligi tufayli o‘zingizda noqulaylik his qilayotgan bo‘lsangiz, quyida soqol o‘sishini tezlashtiruvchi, dunyo olimlarining ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘lgan, yangi va yuqori samarali mahsulot haqida ma'lumot beramiz.

SINOX losoni bu – androgen alopetsiyasi bor insonlarda soqol va soch o‘sishini tezlashtiruvchi, erkak yuz terisi ostki qatlamlari, bosh qismida qon aylanishini yaxshilovchi va soch hamda soqol follikulalarining oziqlanishini ta'minlovchi samarasi yuqori mahsulot hisoblanadi.

Uning tarkibi tabiiy o‘stiruvchi stimulyatorlar va aktivatorlar, jumladan, kaliy kanallarini faollashtiruvchi vositalar (minoksidin va minoksidil)dan tashkil topgan.

SINOX savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni soqol va soch o‘stirishda ham bir xilda samarali vosita sifatida qo‘llash mumkin.

Qo‘llash haqida:

SINOX soqol va soch o‘stiruvchi vosita sifatida erkaklarda uchraydigan androgenetik alopetsiyada tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Uni bir kunda 2 marotaba quruq bosh terisi va iyakning muammoli qismiga purkagichni 6-7 marotaba bosish orqali singdiriladi.

Foydalanish haqida

Sinox losonidan nafaqat soqol o‘stirish, balki erkak va ayollarda kallik va sochlarning siyraklashuvida ham birdek foydalanish mumkin.

Sinox losonini erkaklarda soqol o‘smasligi va siyrakligi, shuningdek, boshning tepa qismi va peshona qismida soch to‘kilishida foydalanilganda yuqori natijaga erishish mumkin.

SINOX savdo belgisi ostida mijozlarda taqdim etilayotgan preparatlarga hech qanday gormonal vositalar qo‘shilmagan.

SINOX yuqorida keltirilgan sabablarning aksariyatida o‘zining yuqori effektini namoyon eta oladigan zamonaviy dori vositalari ro‘yxatida turadi.

Sinox bilan soqol va sochlaringizga ko‘rkamlik baxsh eting!

Quyidagi telefon raqamlari orqali Sinox mutaxassislaridan BEPUL maslahatlar oling va o‘zingizda Sinox preparatlarini sinab ko‘ring.

+(998 93) 567 14 14

+(998 99) 400 42 44

Soqol o‘smasligining sabablari esa turlicha. Soqol shunchaki o‘smay qolmasligi mumkin emas, demak buning qandaydir sababi mavjud.Lekin aynan shu xaqida o‘ylab tushkunlikka tushish yoki shu soqol o‘stirishni maqsad qilib, qandaydir yechim izlab vahimaga tushish ham shart emas.

Soqol o‘smaslikning sabablari:

Soqol ham xuddi soch kabi vitaminlar, foydali mikroelementlar va boshqa komponentlarning yetishmasligi,undan tashqari soch qatlamlarining zararlangani, erkak jinsiy gormoni testosteron yetishmasligi, jinsiy rivojlanishning kechikishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Aytgancha testosteron erkak organizmda katta ahamiyatga ega, testosteron yetishmasligi nafaqat soqol o‘smasligiga, balki boshqa jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishiga ham xizmat qiladi.

Yosh va genetika

Eng oddiy sabab – soqol o‘sadigan vaqti kelmagan. Yuzdagi soqol organizm yosh bo‘lgan davrda ham o‘smaydi. Soqol o‘sishi genetikaga ham bog‘liq.Otangiz yoki bobongizdan qachon va necha yoshida soqol chiqishi boshlangani xaqida so‘rab ko‘ring. Har narsa bo‘lishi mumkin. Balki bu aynan sizning oilaviy geningiz bilan bog‘liqdir. Agar siz hali 18 kirmagan bo‘lsangiz bu haqda o‘ylamang ham, odatda jinsiy rivojlanish bu yoshda ham davom etadi.

Irsiyat

Irsiyat sabab ham, sizda soqol o‘sishi boshqa tengqurlaringizga qaraganda sekinroq o‘sishi mumkin. Otasida ro‘y bergan irsiy rivojlanish, farzandda ham takrorlanishi tabiiy.

Notekis jinsiy rivojlanish

Agar o‘g‘il bolaning jinsiy rivojlanish jarayonida gormonlarning “notekis” rivojlanishi sodir bo‘lsa, odatda jinsiy o‘sish paytida gormonlar ancha tez harakatlanadi va organizmda nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Gormonal nuqsonlar nafaqat yuzda soqol o‘smasligi, balki boshqa jiddiy kasalliklar kelib chiqishida ham o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda o‘zboshimchalik bilan biron chora ko‘rmasdan, androlog yoki endokrinologga murojaat qilgan ma'qul.

Soqol o‘stirish uchun maslahatlar:

Agar sizda tibbiy taraflama muammo bo‘lmasa, vitamin va gormonlar joyida bo‘lsa,to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘ying. Shifokorlar kuniga 2 litr suv ichishni maslahat beradilar. Vitamin A ga boy mahsulotlarni iste'mol qiling.

Vitamin S ham immun tizimlarini mustahkamlaydi, shu sababli ham bu vitaminlar iste'mol qilinishi maslahat beriladi.

Vitamin Ye – qon aylanishini yaxshilab, kislorod yetishmovchiligining oldini oladi. Vitamin Ye yetishmasligi soch va soqoldagi ranglar jilosini kamaytiradi.

· Shirinlikdan tiyiling. Shakar organizm uchun zararli. Qand miqdorining ko‘payishi sochlarni yupqa va kuchsiz qilib qo‘yadi. Choy bilan ham kam shakar iste'mol qiling. Iloji boricha gazlangan suvlarni ichmang. Kun davomida organizm o‘ziga kerakli moddalar bilan yetarli oziqlanishi uchun ovqatlanishni tartiblang.

· Toliqqan organizmga dam berib turing.

· Soqol o‘stirish uchun mo‘ljallangan maxsus yuz niqoblaridan ham foydalansangiz bo‘ladi.

Vitamin V ga boy bo‘lgan zaruriy elementlarni iste'mol qiling.

Yuqoridagi barcha maslahatlarga birdaniga amal qilish shart emas . Ushbu maslahatlarning ba'zilariga amal qilish ham, yetarli darajada yordam beradi degan umiddamiz. Agar sizda boshqa turdagi retseptlar yoki maslahatlar bo‘lsa, biz va mushtariylarimiz bilan o‘rtoqlashsangiz juda ham mamnun bo‘lar edik.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: