Fuqaroni 348 mln so‘mlik palma yog‘iga «uxlatib» ketishdi

Illyustrativ foto
Namangan tumanida 17 noyabr kuni Chorbog‘ mahallasida yashovchi M.O. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 20 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi V.Yu. 348 mln. 300 ming so‘mlik “Lazzat” nomli palma yog‘larini olib ketib, pulini 10 kun ichida olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, pullarni shu kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida V.Yu. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

22:00 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz

00:12 / 25.02.2025