Homilador ayollar uchun qahva zarar ekani ma'lum bo‘ldi

Light 08:37 / 24.11.2018 8524

Irlandiyalik olimlarning aniqlashicha, kofein homilador ayollarda homila hajmining pasayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari American Journal of Clinical Nutrition'da e'lon qilindi.

Tadqiqotchilar ma'lumotiga ko‘ra, har kuni iste'mol qilingan har bir qo‘shimcha 100 milligramm kofein tufayli homilaning og‘irligi 72 grammga kamayadi.

Ta'kidlanishicha, kofein iste'mol qilish chaqaloqning o‘sishiga ham ta'sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qahvaning yangi foydasi aniqlangandi.

Qahva haqidagi ilmiy ma'lumot Instituti (ISIC) mutaxassislarining aniqlashicha, ushbu ichimlikni iste'mol qilish insulinga bog‘langan diabet kasalligi (2-turdagi diabet) xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: