Facebook kompaniyasi sobiq top-menejyeri Elliot Shragening rasman tan olishicha, Definers firmasi kompaniya raqiblariga, shuningdek, amerikalik milliarder Jorj Sorosni kompaniyaga qarshi til biriktirishda ayblaganlarga zarar yetkazuvchi materiallarni chiqarishda ijtimoiy tarmoqqa yordam ko‘rsatgan. Uning murojaati tafsilotlari Facebook Newsroom’da joylashtirildi.
Uning alohida ta'kidlashicha, Sorosga haqiqatdan ham hujumlar amalga oshirilgan. Bunga uning 2018 yilda Davosda so‘zlagan nutqi vaqtida ijtimoiy tarmoqni «jamiyatga tahdid», deb atagani sabab bo‘lgan. Shragening xabar berishicha, kompaniya uning so‘zlari qandaydir moliyaviy rag‘batga ega bo‘lgani va uning ortida qanday ta'sir guruhlari turganini aniqlashga harakat qilgan.
Shragening qayd etishicha, bu harakatlar uchun mas'uliyat o‘zi rahbarlik qilgan kommunikatsiyalar bo‘yicha bo‘lim boshliqlariga tegishli. Sobiq top-menejyerning qayd etishicha, yuz bergan voqeada shaxsan o‘zi aybdor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Definers kompaniyasi va boshqa shunga o‘xshash firmalar raqobatchilarga zarar yetkazish maqsadida yollangan hamda u bu qarorni tasdiqlagan.
«Ushbu tizim quladi va men sizlarning ishonchingizni oqlay olmaganimdan afsusdaman. Men bu yerda xatoga yo‘l qo‘yganim uchun uzr so‘rayman», - dedi Shrage.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tsukerberg Facebook xodimlarini «urush sharoiti» haqida ogohlantirgandi.