Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishning bor-yo‘g‘i 5 foizini bajarishadi

Light 13:41 / 21.11.2018 9002

Tadbirkorlar kimgadir topshirish mumkin bo‘lgan kichik vazifalarga o‘z diqqatlarini qaratganlarida haqiqatan ham muhim narsalar bilan shug‘ullanishga ulgurmaydi. Agar daromadli biznesni sinab ko‘rishni istasangiz, majburiyatlar va ish vaqtini taqsimlash qoidalari haqida unutmang.

Foto: Unsplash

Ishning 5 foizini bajaring

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishning bor-yo‘g‘i besh foizini bajaradilar. Biroq hammasi uning aynan qanday ish ekaniga bog‘liq.

Bill Geyts Microsoft bosh ofisidagi hojatxonalarni yuvishi yoki Ilon Maskning Tesla’ni qo‘lda yig‘ayotganini tasavvur qilib ko‘ring. Albatta, bu ahmoqona tuyuladi –  bu ularning vaqti va iste'dodini bekorga sarflashdir.

Siz kompaniya rulidasiz. Faqat siz eplaydigan yuqori darajali moliyaviy va marketing vazifalari bor. Ular daromadning asosiy qismini olib keladi. Aynan shu sizning besh foizingizni tashkil etadi. O‘ylab ko‘ring-a: endi cheksiz vazifalar ro‘yxati haqida qayg‘urishingiz kerak emas. Ishingiz tobora olg‘a siljiydi!

O‘zingizga savol bering: «Ishning qaysi besh foiziga diqqatimni qaratishim lozim?» Buni tushunishingiz bilan keyingi qadam – maksimal darajada samarali ishlash masalasiga oydinlik kiritish.

Foto: Unsplash

O‘ylash uchun vaqt ajrating

Miyangizga g‘aroyib fikr keldimi? Endi esa kimdir chalg‘itgani uchun u haqida unutdingizmi?

Bu sizni xafa qiladi va har qanday ish muhitida sodir bo‘ladi. Muloqot biznesingizning muvaffaqiyati uchun juda muhim. Biroq o‘zingizning besh foizingiz ustida ishlash uchun shaxsiy vaqtingiz va aqliy quvvatingizni himoya qilishni o‘rganishingiz lozim.

Shuning uchun kundalik jadvalingizdan fikrlaringiz bilan yolg‘iz qolish uchun vaqt ajratish zarur. Bu vaqtda eng muhim ishlarni bajarish lozim. Bu vaqtda sizni hech kim va hech narsa chalg‘ita olmaydi. Kechki payt 3-4 ta vazifani ajrating va ushbu daqiqalarda ularni bajaring.

Bunday odat sizga kamida ikki soatlik to‘xtovsiz ish uchun quvvat beradi. Kuch eng ko‘p bo‘lgan vaqtni tanlang.

Foto: Unsplash

Qolgan 95 foiz nima bo‘ladi?

Siz allaqachon vaqtingizni foydali sarfladingiz. Biroq qolgan ishlarni nima qilish kerak? Bu yerda o‘yinga malakali mutaxassislar aralashadi.

O‘zining «Ye haqidagi afsona» kitobida Maykl Gerber mag‘lubiyat yoqasidagi nonvoyxona egasi haqidagi hikoyani so‘zlaydi. Bunday muvaffaqiyatsizlikning sabablaridan biri – ayolning ishga mos keluvchi xodimlarni yollay olmaganidir. Dastlab, u moliyani kuzatishi kerak bo‘lgan hisobchini ishga oladi.

Bari yaxshi edi. U kelgach, biznes tez rivojlanib ketadi. Biroq vaqt o‘tgach, u barcha vazifalar uchun javob berishni boshladi. Ishning katta qismi uchun qimmatli vaqtini sarflardi. Natijada hisobchi ishdan ketdi. Biznes egasi yana bir o‘zi qoldi.

Jamoangizning o‘zi uchun atalgan vaqti bo‘lishi kerak. Ular ham ishning besh foiziga o‘z e'tiborlarini qaratishlari zarur. Ideal ko‘rinishda birgina ko‘nikmaga ixtisoslashgan xodimlarni ishga olish lozim.

Tadbirkorlarda murakkablik uyg‘otadigan yagona jihat – vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash. Ular bir vaqtning o‘zida barchasini nazorat qilishni istaydilar. Biroq qimmatli vaqtingizning barini sarflagandan ko‘ra vazifalarning bir qismini bajarish uchun haq to‘lagan daromadliroq. O‘z jamoangizni o‘qitib-o‘rgating va ularga qolgan ishning 95 foizini ishonib topshiring.

Aynan ishonch vaqt va quvvatingizni tejaydi. Aynan quvvat innovatsion g‘oyalarni pulga aylantiradi.

Ko‘proq yangiliklar: