Brent nefti narxi 5 foizga arzonlashib ketdi

Iqtisodiyot 22:28 / 20.11.2018 6865

20 noyabrda neft bozorida taklifning ko‘payishi xavotiri sababli narxlarning keskin tushishi kuzatildi.

Brent navidagi neftning yanvardagi fyucherslari narxi London birjasida 3,12 dollarga tushib, 63,67 dollarni tashkil qilgan. 

WTI neftining yanvardagi fyucherslari narxi esa Nyu-York tovar birjasida 3,14 foizga arzonlashib, 54,06 dollarni tashkil qilgan. 

AQShda yonilg‘i zaxiralari va neft olish hajmining oshishi hamda Eronga qarshi kutilgandan “yumshoqroq” sanksiyalarning kiritilishi neft bozorida taklifning ko‘payishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. OPeK+ davlatlari 2019 yilda neft olish hajmini kamaytirish bo‘yicha kelishishlari haqidagi gaplar ham neftning arzonlashishiga to‘sqinlik qila olmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: