O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston 12:53 / 16.11.2018 3766

2018 yilning 13 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulxonasi joylashgan bino qarshisida mamlakat davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

TIV xabariga ko‘ra, bosh konsulxona manzili: Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy.

Tantanali marosimda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botirjon Asadov, Sverdlovsk oblasti Xalqaro va tashqi savdo vaziri Vasiliy Kozlov, Rossiya TIVning Yekaterinburgdagi vakili Aleksandr Xarlov, Yekaterinburgda akkreditatsiya qilingan bosh konsullar, boshqa rasmiy shaxslar va o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Shu kunning o‘zida konsullik muassasasi ochilishi sharafiga Sverdlovsk oblasti rasmiy shaxslari, chet ellik diplomatlar, biznesmenlar va o‘zbek diasporasi vakillari hamda Sverdlovsk oblasti gubernatori Yevgeniy Kuyvashev ishtirokida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, Ural federal okrugi va Sverdlovsk oblasti ma'muriy markazida joylashgan yangi diplomatik vakolatxona O‘zbekiston va Rossiya mintaqalarini, ikki davlat xalqlarini bog‘lovchi yana bir ko‘prik bo‘ladi.

Bosh konsulxonaning birinchi tadbirlaridan biri shu kunning o‘zida Yekaterinburg shahrida tashkillashtirilgan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» nomli mamlakat turistik salohiyati taqdimoti bo‘ldi.

Barcha tashkiliy masalalar hal etilguniga qadar bosh konsulxona tomonidan hozirgi vaqtda faqat konsultativ ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: