O‘zbekistonda onlayn-tranzaksiyalar miqdori keskin oshdi

O‘zbekiston 11:16 / 16.11.2018 6611

Yagona umumrespublika protsessing markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 2-chorak natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan e-commerce tranzaksiyalar soni joriy yilning 2-choragiga nisbatan pasayish ko‘rsatkichlarini namoyon etdi.
 
Jumladan, joriy yilning 3-choragida e-commerce tranzaksiyalar soni 69,8 mln.i tashkil etib, 2018 yilning o‘tgan 2-choragidagi 72,4 mln.lik holatiga nisbatan 3,6%lik pasayishni qayd etdi.

3-chorakda elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 1 610,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning 2-chorakida qayd etilgan 872,4 mlrd. so‘mga nisbatan 184,6%ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni bo‘yicha esa, 3-chorakda qayd etilgan 817 179 ta plastik karta soni, joriy yilning 2-choragida qayd etilgan 813 831 ta plastik kartalar soniga nisbatan 0,4%lik o‘sishni namoyon etdi.

Umumiy ko‘rsatkichlarni hisobga olganda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni bo‘yicha “Xalq banki” 162 725 talik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Agrobank” 123 360 ta hamda “Ipoteka Bank” 80 901 talik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: