O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol Olmaotaga Rossiya soxta pasporti bilan uchib keldi

Jahon 14:19 / 16.11.2018 11418

Qozog‘istonlik chegarachilar Istanbul - Olmaota reysi yo‘lovchilarini tekshirish paytida ayol kishini qo‘lga olishdi. Bu haqda Total.kz xabar bermoqda.

Istanbul - Olmaota reysida kelgan yo‘lovchi ayolning yonidan chegarachilar Rossiya soxta pasportini topishgan.

«Olmaota xalqaro aeroporti chegarachilari tomonidan Istanbul - Olmaota yo‘nalishidagi TK-350 reysini rasmiylashtirish davomida ayol kishi qo‘lga olindi, unda Rossiya pasporti bo‘lgan. Tekshiruv davomida uning pasportida qisman soxtalashtirish belgilari topildi. Keyingi tekshiruvlarda aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekan», - deya xabar berishgan Qozog‘iston MXQ matbuot xizmatidan.

Ayolga Qozog‘iston davlat chegarasi orqali o‘tishga ruxsat berilmadi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: