O‘zbekiston 2019 yil uchun ommabop sayyohlik yo‘nalishlarida 2-o‘rinni egalladi - Lonely Planet

O‘zbekiston 10:35 / 16.11.2018 8499

Lonely Planet saytida Kanadaning G Adventures sayyohlik kompaniyasi ekspertlarining fikricha kelasi yil ommabop bo‘ladigan 10ta yo‘nalish ro‘yxati e'lon qilindi.

Ular katta qiziqishga sabab bo‘layotgan turistik yo‘nalishlar hamda katta voqealar va siyosiy o‘zgarishlar kuzatilayotgan mamlakatlardir, bu esa u yerga borishni yanada qiziqarli qiladi va osonlashtiradi.

O‘zbekiston ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Matnda ta'kidlanishicha, 2018 yilda mamlakat viza talablarini yumshatdi va elektron vizalarni joriy qildi.

G Adventures ma'lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlariga bo‘lgan qiziqish yo‘qolayotgani yo‘q va o‘tgan besh yil ichida O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 72 foizga oshdi. Mutaxassislar kompaniya ma'lumotlariga va iste'molchilar xatti-harakatlarini o‘rganish bo‘yicha xabarlarga asoslandi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Yaponiya egalladi, bu davlatda 2019 yilda regbi bo‘yicha jahon chempionati, 2020 yilda esa - yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistondan keyin quyidagi davlatlar joylashdi: Senegal, Tayvan, Shri-Lanka shimoliy provinsiyasi, Iordaniya, Islandiya, Efiopiya, Italiya, Patagoniya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga Rossiyadan sayyohlar oqimi 1,3 barobarga oshgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: