TransUzbekistan ko‘rgazmasida GAZ yangi modellarning taqdimotini o‘tkazdi

Jamiyat 11:00 / 16.11.2018 15276

14 noyabr kuni «O‘zekspomarkaz»da transport va logistika ko‘rgazmasida yangi avtomobillarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Rossiyada maxsus texnika va yuk avtomobillar ishlab chiqaradigan GAZ avtokorxonasi TransUzbekistan2018 ko‘rgazmasida yangi modellarni taqdim etdi. 

Foto: TransUzbekistan 

Endi O‘zbekiston hududida kompaniyaning har qanday biznes uchun mo‘ljallangan modellarining to‘liq turkumi taqdim etilgan. GAZ modernizatsiya qilingan yangi lineykadagi, xavfsiz, keng funksional va qulay bo‘lgan yuk tashuvchi avtomobillar turkumi hisoblangan «GAZelNEXT»ni ham taqdim qildi. Mashina o‘zida zamonaviy tashqi ko‘rinish va interer bilan birga qulay haydovchilik kabinasi va yengil boshqaruvni uyg‘unlashtira olgan. Bunday natijalarga jahon standartlari asosida konstruktorlik yechimlar evaziga erishildi.

Foto: TransUzbekistan 

Xususan, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarning e'tiborini «GAZelNext» shassisida qurilgan, 4,6 tonna yuk uchun mo‘ljallangan ikki furgon-refrijyerator tortdi. Avtomobillarning konstruktorlik yechimlariga orqa mostning «spayser» tipi, tormozning barcha g‘ildiraklaridagi diskli to‘xtatish turkumi hamda ABS, orqa bort platformasi kengaytirilganini ko‘rsatish mumkin.

Shuningdek, o‘rta tonnali yuk avtomobili - «GAZon NEXT»ning ham taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Umumiy yuk ko‘tarish imkoni 10 tonnani tashkil qilgan ushbu avtomobilning baza platformasida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan keng avtomobillar ishlab chiqariladi. Mazkur avtomobillarda orqa qismning pnevmatik podveskasi o‘rnatilgan bo‘lib, u turli balandliklardan yuk olish va tushirish imkonini beradi. Bundan tashqari, avtomobilning yomon yo‘ldagi harakati davomida, uning bir maromda harakatlanishiga imkon beradi. 

Foto: TransUzbekistan 

Bundan tashqari, kompaniya tashrif buyuruvchilarga yangi mikroavtobus «GAZel Next»ni tanishtirdi. Uning xususiyatlari sifatida, yangi va zamonaviy ko‘rinish, bundan tashqari funksional va foydalanishda qulayligini keltirish mumkin. Bunday mashinalar shahar ichida ham, shahardan tashqaridagi yo‘nalishlar uchun ham qulay hisoblanadi. Uning xususiyatlari ichida alohida ajratib turadigan narsa – 19 o‘ringa mo‘ljallangan, balandligi 190 sm bo‘lgan keng salondir. Haydovchilar panorama ko‘rish imkoni va qo‘shimcha qulayliklardan foydalanib ko‘rishi mumkin bo‘ladi. 

Foto: TransUzbekistan 

Maxsus texnika ichida, e'tiborli model – ko‘chma avtodo‘kon bo‘ldi. U ham magazin, ham ko‘chma fast-fud sifatida ishlash imkonini beradi. Avtodo‘kon maxsus kuzovga ega bo‘lib, ko‘chma tarzda savdolarni tashkil qilishda undan qulay foydalansa bo‘ladi. Avtodo‘kon ichida butun komplekt texnikalar o‘rnatilgan: muzlatgich, vitrinalar, savdo qilish uchun maxsus mebel va zarurat tug‘ilganda foydalansa bo‘ladigan maxsus biotualetga ham ega. Mashinada barcha qulayliklar avvaldan o‘ylangan, hatto haydovchiga qulaylik tug‘dirish uchun mo‘ljallangan.

Mixail Baxtarin, Girkovskiy avtozavodining marketing va savdolarni rivojlantirish markazi boshlig‘i shunday deydi: «Biz ushbu ko‘rgazmada uchinchi marotaba ishtirok etib, yangi avtomobillarimizni taqdim qilganimizdan baxtiyormiz. O‘zbekiston hozirda tezkor sur'atlar bilan rivojlanayotgan paytda, biznesga ko‘mak berish bizning maqsadimizdir. Bu yil TransUzbekistan ko‘rgazmadagi ishtirokdan tashqari, biz kommunal xo‘jalikda yuk tashishlarga bag‘ishlangan ikkita konferensiya ham tashkil qilganmiz. Shuning uchun biz nafaqat logistikada, balki kommunal sohada yordami tegadigan avtomobillarni ham taqdim etganmiz». 

Foto: TransUzbekistan 

GAZ avtomobillari keng funksionallarga boy, ixcham va chidamli, egalik qilishdagi hamda foydalanishdagi xarajatlari kamxarj. Kompaniya servis va yetkazib berishdagi keng ko‘lamli tarmoqqa ega hisoblanadi. GAZ modellarining bazasida 300dan ortiq modifikatsiyaga ega maxsus, tibbiyot va ijtimoiy ahamiyatga ega avtomobillar ishlab chiqariladi. 

OOO «Kommercheskiye avtomobili – Gruppa GAZ», +70100573321, azgaz.ru

OOO «BEKOLE-BIZNES» — Gorkovskiy avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy dileri. TXAY va Yangi Sergeli chorrahasi. Savdo bo‘limi: +998944059020

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: