OAV: AQShda Assanjga ayblovlar qo‘yildi

Jahon 12:47 / 16.11.2018 5369

WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga ayblovlar qo‘yildi, deb yozmoqda The Washington Post.

Xabar qilinishicha, AQSh Adliya vazirligi Assanjga nisbatan ayblovlar to‘g‘risidagi ma'lumotni oshkor etishni rejalashtirmagan, biroq prokuror yordamchisi buni o‘zi bilmagan holda amalga oshirgan. U xizmat hujjatlaridan birida Assanjga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni WikiLeaks asoschisi hibsga olinmagunga qadar saqlash lozimligini bildirgan.

Ta'kidlanishicha, Assanjga qo‘yilgan ayblovlar Rossiyaning 2016 yilgi Amerika saylovlariga aralashuvi bo‘yicha ishda muhim o‘rinni egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Adliya vazirligi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjga ayblov qo‘yishga tayyorlanayotgani va uni AQShda sud qilishni mo‘ljallayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: