«Manchester Yunayted»ning asosiy transfer maqsadi ma'lum

Sport 18:00 / 16.11.2018 17974

«Manchester Yunayted» klubi «Roma» yarimhimoyachisi Lorentso Pellegrini xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi mankunianliklarning asosiy transfer maqsadiga aylangan. Joze Mourino futbolchining agenti bilan shaxsan uchrashib, «Manchester Yunayted» 26,5 million funtga teng tovon pulini to‘lashga tayyor ekanini aytgan.

Pellegrinining «Roma» bilan imzolagan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 13ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: