IIV: baxtsiz hodisa sabab 2 yoshli qizcha onasidan ayrildi

Jamiyat 14:50 / 16.11.2018 29544

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi A.R. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan M.G‘. boshqaruvidagi “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi, uning 5 nafar yo‘lovchilari (ulardan 2 nafari ona va bola) jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchilardan biri 2 yoshli qizaloqning onasi O.S. vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: