Floyd Meyuezerni yaponiyalik kikbokschi bilan jang qilishga ko‘ndirishdi

Sport 08:23 / 16.11.2018 14699

Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava bilan jangi bo‘lib o‘tishini aytdi. Bu haqda TMZ portali xabar berdi. 

“Bu ko‘rgazmali jangga o‘xshash bo‘ladi, oyoq bilan hech qanday zarbalar bo‘lmaydi. Men uning atrofida 9 daqiqa yugurib yuraman. Va bu albatta, tarixdagi eng qimmatbaho ko‘rgazmali jang bo‘ladi”, deb aytgan sportchi.

5 noyabrda Rizin yapon tashkiloti bosh direktori Nobuki Sakakibara Meyuezer 31 dekabrda 20 yoshli Nasukavaga qarshi MMA qoidalari bo‘yicha ringga chiqishini ma'lum qilgan. Biroq keyinroq bokschining o‘zi yapon bilan jang qilishga rozilik bermaganini aytgan. Uning aytishicha, gap faqatgina tor doiradagi ko‘rgazmali chiqish haqida borgan. Shundan keyin Rizin muxlislardan jang atrofidagi mavhumlik uchun uzr so‘ragan.   

Ko‘proq yangiliklar: