Chilonzorda “Tramadol” savdosi bilan shug‘ullangan 28 nafar shaxs ushlandi

Jamiyat 18:12 / 16.11.2018 22096

Chilonzor tumani adliya bo‘limi 2018 yil 5 sentabr kuni Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda Chilonzor tumani, 16-mavzeda joylashgan do‘konlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan suhbat uyushtirildi.

Chilonzor tuman adliya bo‘limi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida tadbirkorlar do‘konlarining old qismi va fuqarolar qatnovi yo‘lagida yoshlari taxminan 25-35 yoshdagi shubhali ayol va erkaklar tomonidan “Tramadol” va “Lirika” psixotrop giyohvand dori vositalari sotilayotgani, ular asosan kunning kechki ikkinchi yarmi, ya'ni, 18-22larda o‘zlarining noqonuniy “savdo”sini boshlashlarini ma'lum qilishdi.

Ularning bu harakatlaridan yo‘ldan o‘tib ketayotgan fuqarolar, yoshlar, savdo xodimlari va xaridorlarning osoyishtaligi buzilayotganligini, shuningdek, bu holat farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganligini, shu sababli ushbu psixotrop moddani sotayotganlarga hamda iste'mol qilib kelayotgan fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik, shuningdek, mazkur hududga ichki ishlar xodimlarini biriktirib berishni so‘rashdi.

Qonunchilikka ko‘ra, “Tramadol” va “Lannaxer” dori vositalari psixotrop modda hisoblanadi. Tadbirkorlar bilan suhbat chog‘idagi dalillar o‘rganilib, tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Haqiqatan ham mazkur hududda psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar  ushlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273- va 276-moddalari bilan 23ta jinoyat ishi ochilib, 28 nafar fuqaroga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi.  

Ko‘proq yangiliklar: