Chexiyada mojaro. Bosh vazirning o‘g‘li siyosiy inqirozga sababchi bo‘ldi

Jahon 14:37 / 16.11.2018 5661

Chexiya prezidenti Milosh Zemanning ma'lum qilishicha, yana bosh vazir Andrey Babishga hukumatni shakllantirish uchun vakolatlar berishga tayyor. Bu agar parlament unga o‘g‘lining Qrimda otasi qo‘lida ishlagan odamlar tomonidan noqonuniy ushlab turilganiga doir bayonotlari bilan bog‘liq mojaro tufayli ishonchsizlik bildirsa, yuz beradi. Bu haqda Novinky xabar qilmoqda.

«Agar, mening umidlarimga qaramay, hukumatga ishonchsizlik bildirilsa, unda Andrey Babishning iste'fosidan keyin men unga hukumatni shakllantirish haqida aytaman. Menda ikkita urinish bor. Konstitutsiya iste'fodagi hukumat bir necha oy davomida boshqarishiga vakolat beradi, keyin esa ba'zi shaxslar tinchib qoladi», - dedi Zeman.

Shu tariqa, u 23 noyabr kuni Chexiya parlamentida Babish hukumatiga ishonch bo‘yicha ovoz berish rejalashtirilgan jarayonni izohladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya bosh vazirining o‘g‘li Qrimda ushlab turilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: